🧙 “Uzuklar Hukmdori: Qudrat Uzuklari” 3-mavsumidan yangi kadrlar
Prime Video “Qudrat Uzuklari” serialining uchinchi mavsumidan yangi kadrlarni taqdim etdi. Yangi mavsum 11-noyabr kuni premyera qiladi.
🧙 “Uzuklar Hukmdori: Qudrat Uzuklari” 3-mavsumidan yangi kadrlar

“Uzuklar Hukmdori: Qudrat Uzuklari” serialining uchinchi mavsumidan yangi kadrlar namoyish etildi. 🎬🔥
Yangi mavsumda O‘rta Yerda vaziyat yanada keskinlashadi. Voqealar ikkinchi mavsumdan bir necha yil o'tib davom etadi va Sauronning hukmronlik uchun kurashi tobora kuchayadi.
⚔️ Sauron va Uzuklar urushi
Uchinchi mavsumda Sauronning Yagona Uzukni yaratish rejasi markaziy voqealardan biriga aylanadi. O‘rta Yer esa Elflar va Sauron o‘rtasidagi urushning eng keskin davriga kiradi.
Yangi mavsumda avvalgi qahramonlar bilan bir qatorda yangi obrazlar ham paydo bo‘ladi. Ular orasida Celeborn, Khamûl, Thrain, Anárion va boshqa yangi qahramonlar bor.




📅 Premyera sanasi
“Uzuklar Hukmdori: Qudrat Uzuklari” 3-mavsumi 11-noyabr kuni Prime Video’da namoyish etiladi.
🎬 Premyera: 11-noyabr
📺 Platforma: Prime Video
⚔️ Mavsum: 3

Yangi mavsumda Sauronning keyingi qadamlari va O‘rta Yer taqdirini hal qiladigan katta urush yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. 🧙♂️🔥